1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Dani Alves Ispaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi

Unga jinsiy zo‘ravonlik aybi qo‘yilmoqda.

Dani Alves Ispaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi

 

Mashhur braziliyalik futbolchi Dani Alves Ispaniya politsiyasi tomonidan Barselonada jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan hibsga olindi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga ko‘ra, Barselonadagi tungi klubda bir qizga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblangan futbolchi politsiya mashinasida   olib ketilgan. Braziliyalik futbolchining kelajagi haqida qaror endi qabul qilinadi. Avvalroq Alves politsiya bo‘limida ko‘rsatma bergan edi. Qayd etilishicha, futbolchini qamoqqa yuborish varianti dargumon.

 

Taxminlarga ko‘ra, voqea 30 dekabr kuni sodir bo‘lgan. 2 yanvar kuni politsiyaga rasman shikoyat qilingan. Futbolchi va uning atrofidagilar bu ayblovlarni rad etishmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика