1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Daraxtlarga shikast yetkazib, nobud qilib bo‘linganidan keyingina chora ko‘rilmoqda" — Tanzila Narbayeva

Senat raisi muhokama qilinayotgan Qonunning ahamiyati haqida gapirdi.

"Daraxtlarga shikast yetkazib, nobud qilib bo‘linganidan keyingina chora ko‘rilmoqda" — Tanzila Narbayeva

 

Senat raisi muhokama qilinayotgan Qonunning ahamiyati haqida gapirdi.

 

"Daraxtlarni nobud qilishning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy jiddiy oqibatlari xususida bugun ortiqcha izohga hojat yo‘q.

Jamiyatda bunga nisbatan murosasiz munosabat, yaʼni daraxt kesish — jinoyat, degan qarash shakllandi. Shu bilan birga, amaliyotda noqonuniy daraxt kesish hollari to‘liq barham topmagan bo‘lib, mazkur jinoyatning asosan oqibatlari bilan kurashilmoqda. Yaʼni daraxtlarga shikast yetkazib, nobud qilib bo‘linganidan keyingina chora ko‘rilmoqda. Bu hol ayniqsa qurilish sohasida ko‘p kuzatilmoqda", — deydi Tanzila Narbayeva

 

Taʼkidlanishicha, muhokama qilinayotgan Qonun bilan daraxtlarni kesish, shikastlantirish, yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan qurilish loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun javobgarlik belgilanayotgani alohida ahamiyatga ega.

 

"Yaʼni, nafaqat bunday noqonuniy harakatlarni bevosita amalga oshirgan shaxslarni, balki birinchi navbatda, buning uchun masʼul bo‘lgan mutasaddilarni ham tegishli javobgarlikka tortish haqida so‘z bormoqda.

Demak, endilikda nafaqat oqibatlar bilan kurashish, balki sabab va asoslarga yo‘l bermaslikning aniq huquqiy asosi yaratilmoqda", — deydi Senat raisi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика