1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Daraxtlarni butalashga ruxsat bergan shaxs salkam 35 millionga “tushdi”

Holat Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan.

Daraxtlarni butalashga ruxsat bergan shaxs salkam 35 millionga “tushdi”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida daraxtlar kesilganligi" haqida xabar tarqaldi.
 

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan holat o‘rganildi. Natijada Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi daraxtlarni sanitar butalashga ruxsat berilgani, ammo butalash qoidalariga amal qilinmay, daraxtlarga zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.

 

O‘rganish natijasida daraxtlarni noto‘g‘ri butalash orqali 31 680 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.  Holat yuzasidan MJtKning 79-moddasiga ko‘ra ilmiy-amaliy markazning xo‘jalik ishlariga masʼul bo‘lgan X.V. 3 300 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzardan jami 34 980 000 so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика