1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Darknet”da maʼlumotlari chiqib ketgan fuqarolari soni 15 mln emas — Sherzod Shermatov

“Darknet”da 15 million fuqarolarning maʼlumotlari sotuvga qo‘yilmagan. Dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, bu raqam 60 mingga yaqin ekanligi aniqlangan.

“Darknet”da maʼlumotlari chiqib ketgan fuqarolari soni 15 mln emas — Sherzod Shermatov

Joriy yilning 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar va ayrim kanallarda go‘yoki 15 million fuqarolarga tegishli maʼlumotlar sizib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan kiberhujumga izoh berildi. Bu haqida vazirlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Zamon.uz muxbiri xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, 27–30 yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberxujumlar uyushtirilgan.

 

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda 15 million fuqarolar maʼlumotlari to‘g‘risida tarqalgan xabarlar dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra 60 mingga yaqin ekanligi aniqlangan.

 

 

Kiberxujumni bartaraf qilish maqsadida axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yilgan.

 

Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) foydalanuvchilarining tizimga kirish parollari yangilandi (sbros berildi), texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yana-da kuchaytirilgan.

 

Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, shaxsiy maʼlumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Taʼkidlanishicha, kiberxavfsizlik uzeli orqali 2024 yilda 7 mlndan ortiq tahdid bartaraf etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 107 mlndan oshdi o‘z vaqtida va samarali choralar ko‘rildi.

 

Shuningdek, o‘tgan 2025 yil sarhisobi, istiqboldagi tendensiyalar tahlili O‘zbekiston kibermakoni nafaqat shiddat bilan rivojlanayotganini, balki global tahdidlarning nishoniga aylanayotganini ko‘rsatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика