1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Darsga bepisand o‘tirgan talaba musht bilan “siylandi”

Qarshi davlat universitetida sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Darsga bepisand o‘tirgan talaba musht bilan “siylandi”

 

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi davlat universitetida darsga bepisand bo‘lgan talabaga o‘qituvchi musht tushirgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan universitet matbuot kotibi Oybek Yusupov rasmiy izoh berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, videoda aks etgan holat 14-mart kuni, “Matematika va kompyuter ilmlari” fakultetining 2-kurs talabalariga professor N.Dilmurodovning differensial tenglamalar fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tayotgan vaqtida ro‘y bergan.

 

Unda talabalardan biri ogohlantirish berilishiga qaramasdan darsga e’tiborsiz va yozmasdan o‘tirgan. Bu holat domlaning asabiylashishiga va talabani turtishiga sabab bo‘lgan. 

 

“Oliy ta’lim muassasasi talabasining asosiy maqsadi bilim olish va unga tahsil berayotgan ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hisoblanadi. Afsuski, yuqoridagi holatda talabaning darsga bepisand munosabati o‘qituvchining asablarini jilovlay olmasligiga olib keldi. Holat rahbariyat tomonidan nazoratga olindi” — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика