1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Darsliklar ijarasi doimiy bepul bo‘ladi—XTV

Bu bo‘yicha Prezident tomonidan topshiriq berildi.

Darsliklar ijarasi doimiy bepul bo‘ladi—XTV

 

Bugun, 6-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida soha faoliyati bilan bog‘liq keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir davomida maktab darsliklarini chop etish, ularning ijarasi, elektron kundalik tizimi va boshqa muhim savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berilgan.

 

Ta’kidlanishicha, endilikda maktab darsliklarining ijara to‘lovlari doimiy ravishda bepul bo‘ladi va ayni damda buning mexanizmi ishlab chiqilishi bo‘yicha Prezident tomonidan topshiriq olingan. 

 

Shuningdek, anjumanda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirishga doir qator muhim masalalar yuzasidan ishtirokchilar savollariga javob berilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov maktab darsliklari hozircha faqat joriy yil uchun bepul bo‘lishini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика