O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Madaniy meros agentligining “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi binolari, jumladan, hozirda O‘zA egallab turgan 16 qavatli binoni auksiondan olib tashlashni talab qilgan bayonotiga izoh berdi.
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan binolar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining davlat reyestriga kiritilgan.
2023 yil iyundagi kadastr hujjatlariga ko‘ra obyektning umumiy hududi 28 888 kV metrni, bo‘sh yer maydoni 15 211 kV metrni, bino va inshootlarning hajmi 42 048 kV metrni, shundan 25 024 kV metrni ishlab chiqarish va yordamchi binolar tashkil etadi va 3 ta alohida maʼmuriy binolar mavjud,- deya qayd etdi O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.


