1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun takomillashtirish uchun prezident tomonidan qaytarib yuborilgan – Qodirov

Alisher Qodirov davlat rahbari tomonidan qonun bo‘yicha kiritilgan takliflar juda o‘rinli deb hisoblamoqda.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun takomillashtirish uchun prezident tomonidan qaytarib yuborilgan – Qodirov

 

Besh yildan beri tasdiqlanishini kutayotgan davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi barcha bosqichlarda o‘tgan edi, ammo prezidentning qonunni takomillashtirish talabi bilan Qonunchilik palatasiga yana qaytarib yuborgan. Bu haqda Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov matbuot anjumanida maʼlum qildi.

 

Qodirov davlat rahbari tomonidan qonun bo‘yicha kiritilgan takliflar juda o‘rinli deb hisoblamoqda. U xatto bu takliflarni olqishlagnini aytmoqda.

 

Deputat partiya qonun bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘qishda kirita olmagan jihatlari borligini tan oldi.

 

“Davlat tili haqidagi qonun bugungi global chaqiriqlar va ahamiyati yana ham ortib borayotgan bir paytda davlat tili to‘g‘risidagi qonun zamonaviy tahdidlar va zamonaviy chaqiriqlarga uyg‘un bo‘lishini talab qilayotgani bizni yana-da quvontiradi”, — deydi Qodirov.

 

Qodirov bu qonun qachon tayyor bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir gap aytmagan. Unga ko‘ra, partiya qachon bu qonunni tayyor deb hisoblasa partiya o‘zini takliflarini qo‘shadi va qonun loyihasini eʼlon qiladi.

 

Unga ko‘ra, davlat tili haqidagi qonun O‘zbekiston uchun bugungi kunda zarurat hisoblanadi.

 

“Davlat tilini qonun bilan himoya qilib bo‘lmaydi. Tilga birinchi o‘rinda jamoatchilik munosabatini o‘zgartirishimiz kerak, davlat tiliga hurmatni o‘zgartirishimiz kerak. Davlat tilini rivojlantirishi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak”, — degan Qodirov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика