1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita jamiyat “raqobatlashgan”

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring o‘tkazdi.

Davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita jamiyat “raqobatlashgan”

 

 

Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmasi asosida ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshiriladigan joriy taʼmirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish uchun 3 milliard 494 million so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan.

 

Mazkur xarid bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring o‘tkazdi. Natijada bir qator qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.  

 

Ushbu davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 23-moddasi (Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) va 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) talablariga amal qilinmagan.  

 

Yaʼni, davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi ikkita masʼuliyati cheklangan jamiyatning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekani yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan. Nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan.  

 

Agentlik axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi. Qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborildi.  

 

Agentlik taqdimnomasiga binoan mazkur xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика