Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-yundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.
Tug‘ilganlik holati FHDYO bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma beriladi va ushbu maʼlumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.
Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik maʼmuriy reglament tasdiqlandi.
Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.