1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Davr bank"dan 15 milliard so'm pul o‘g‘irlandi

Ikki nafar gumonlanuvchi qidirilmoqda.

"Davr bank"dan 15 milliard so'm pul o‘g‘irlandi

 

Toshkent shahar IIBB rasmiy xabariga ko‘ra, 2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. o‘zining jinoiy sheriklari bilan o‘zaro til biriktirib, poytaxtimizning “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni o‘zining jinoiy sherigi 2000 yilda tug‘ilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgan. 

 

So‘ng N.Sh. ushbu pullarning 11.453.244.343 so‘m miqdorini noqonuniy o‘zlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh aʼzolari o‘rtasida taqsimlangan.

 

Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek, ikki nafar gumonlanuvchilar 1986 yilda tug‘ilgan Umarov Sanjar Ravshanovich hamda 1988 yilda tug‘ilgan Abdurahmonov Eldor Shuxratovichlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика