Koronavirusning Delta shtammi barcha holatlarning 99 foizini tashkil qiladi va butun dunyo bo‘ylab dominant variantga aylandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti texnik direktori Mariya Van Kerxove maʼlum qildi, deb yozadi SNBS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab so‘nggi 60 kun ichida qayd etilgan 900 ming koronavirus holatlarining deyarli barchasi Delta shtammiga tegishli. Tashkilot vakiliga ko‘ra, Yevropada koronavirusdan o‘lim ko‘paygan.
Dunyoda esa so‘nggi to‘rt haftada ketma-ket СOVID-19 bilan kasallanganlar soni ortgan. Bu holat bevosita mazkur shtammning dominantga aylanayotgani bilan bog‘liq.
Avvalroq Rossiya olimlari koronavirus tarqalishini to‘xtatadigan yangi moddani aniqlashgani hamda Turkiyada uch kishida Delta plus shtammi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


