1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Denovning sobiq hokimi 8,5 yilga qamaldi

Tuman sobiq hokimi Rustam Pardayev uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Denovning sobiq hokimi 8,5 yilga qamaldi

 

Sud ishida u JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Turli yillarda Mikrokreditbank Jarqo‘rg‘on tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i va viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari, Denov va Qiziriq tumanlari hokimi lavozimlarida ishlagan.

 

Hozirda u va himoyachilari birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика