
“Baʼzilar Tayson bilan bo‘ladigan jangda raqibimning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Lekin men ertaga hammasi boshqacha bo‘lishini o‘z jangim bilan isbotlayman”.
Uaylder va Fyuri ertangi to‘qnashuvda uchinchi bor yuzma-yuz keladi. 2018-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi jangda hakamlar durang qayd etgan bo‘lsa, 2020-yil fevral oyida o‘tkazilgan ikkinchi uchrashuvda britaniyalik bokschi amerikalikni nokautga uchratgandi. Shu tariqa u WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, jang 10-oktabrga o‘tar kechasi AQSHning Las–Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Mayk Tayson yana ringga qaytmoqchi ekanligi va Maxachev Den Xuker bilan jangi qiziqarli bo‘lishiga ishonayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


