1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Deputatlik qilolmaydigan sharoitda ishlab bo‘lmaydi”

Rasul Kusherbayev ortidan yana bir deputat ishdan ketishga qaror qildi.

“Deputatlik qilolmaydigan sharoitda ishlab bo‘lmaydi”

 

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Parlamentdagi faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qilgandi. Uning ortidan Nuriddin Zaynitdinov ham mahalliy kengash deputatligidan ketishga qaror qildi.

 

“Do‘stimiz, deputat Rasul Kusherbayev bilan bo‘lgan holatni qoralayman. Qachongacha deputatlar og‘zini yopish, qasddan ularni pozisiyasini bildirishiga qarshiliklar bo‘ladi?

 

Gapirma! Indama! Aralashma! Qachongacha bunday gaplarni eshitamiz?! Deputatning gapirishdan boshqa nimasi qolmoqda? Endi shungayam yo‘l berilmasa... Xullas Rasul Kusherbayevni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, — degan Zaynitdinov.

 

Deputatning yozishicha, uning o‘ziga va oilasiga bir necha marotaba bosim qilingan.

 

“Deputat bo‘lib, emin-erkin deputatlik qilolmaydigan sharoitda ishlab bo‘lmaydi. 2022-yilning o‘zida 2-3 marotaba menga bo‘lgan bosimlar va noqonuniy ishlarning aybdorlariga shu kungacha chora ham ko‘rilmadi.

 

Oilamgacha, qarindoshlarimgacha taʼqib va bosim qilishga borishdi... Men ham mahalliy Kengash deputatligidan ketishga qaror qildim”, — deya post qoldirgan u Telegram sahifasida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика