1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Devid va Viktoriya Bekxem ukrainalik bolalar uchun 1 million AQSH dollar xayriya qildi

Sportchi bu haqida o‘zining Instagram sahifasida aytib o‘tgan.

Devid va Viktoriya Bekxem ukrainalik bolalar uchun 1 million AQSH dollar xayriya qildi

 

Angliyalik futbolchi Devid Bekxem va dizayner Viktoriya Bekxemlar urushdan jabr ko‘rgan ukrainalik bolalar uchun shaxsiy jamg‘armasidan pul ajratdi.

 

"Onalar bolalari bilan qochishga majbur bo‘lmoqdalar. Oilalar ajralib ketyapti. Bolalarni tunda uylarni tark etish uchun karavotlaridan ko‘tarib ketishyapti. Ukrainadagi urush ikki haftadan beri davom etmoqda, oilalarning ehtiyojlari kuchayyapti. Ayni vaqtda 7,5 millionta bolaning taqdiri xavf ostida", —deb yozdi sportchi.

 

Bekxemlar oilasi o‘zlarining nomidan ukrainalik bolalar uchun xayriya mablag‘i ajratishdan tashqari, UNICEF tashkiloti bilan birgalikda xayriya mablag‘larini yig‘a boshlaganlarini ham maʼlum qilishgan.

 

“Ukrainadagi vaziyat haqiqatdan ham yurakni tilka-pora qiladi. Iltimos, agar imkoniyatingiz bo‘lsa, bolalarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarni tibbiy vositalar va xavfsiz joy bilan taʼminlash uchun fondga xayriya qilish haqida o‘ylab ko‘ring”, — deb yozdi Viktoriya Bekxem.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика