Bu haqda “Bloomberg” agentligiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
"Shuningdek, ko‘p yillardan buyon prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi bo‘lib ishlayotgan Dmitriy Peskovga hamda davlat media korxonalaridagi qator shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etilishi taklif qilinmoqda. Ular YEI hujjatlarida yolg‘on axborot tarqatishda ayblanmoqda", — deyiladi xabarda.
Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini eʼlon qildi. Hozirda mamlakatning turli nuqtalarida janglar ketmoqda. G‘arb bunga javoban Moskvaga sanksiyalar joriy etdi. Qora ro‘yxatda Putin, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa ko‘plab oliy martabali amaldorlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Ukrainaga 110 million yevro yordam ajratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


