1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Dok-1 Maks" ishi bo‘yicha sud boshlandi

O‘zbekistonda "Dok-1 Maks" dorisidan 65 nafar bola halok bo‘lgan.

"Dok-1 Maks" ishi bo‘yicha sud boshlandi

 

Bugun, 11-avgust kuni Toshkent shahar sudida S. R. P. (erkak, 1972-yilda Hindistonda tug‘ilgan, "Quramax Medikal" MCHJ direktori), S. K. (erkak, 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (jami 21 kishi: "Quramax Medikal" MCHJ va "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK masʼul xodimlari) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

 

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, sudlanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga "qamoqqa olish", 12 tasiga "munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat" va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

 

Qayd etilishicha, ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati sudyasi M. Yusupov raisligida birinchi instansiyada ko‘rib chiqilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, «Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishida tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика