«Dok-1 Maks» qabul qilganidan keyin farzandlari vafot etgan oilalar kompensatsiya olishlari mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova maʼlum qildi.
«Zaharlanish sodir bo‘lgan dori vositalari hujjat bilan tasdiqlansa, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin. Agarda kompensatsiyaning barcha summasi tasdiqlansa, gap-so‘zsiz to‘lab beriladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», — deydi u.
Maʼlumot uchun, «Dok-1 Maks» preparatini isteʼmol qilish natijasida vafot etgan bolalar soni 20 nafarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Dok-1 Maks" siropini O‘zbekistonga olib kiruvchi "Quramax Medika" farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasi bekor qilingandi.


