1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Dollar yana “parvoz qilishda” davom etmoqda

Bu safar noyabr oyidagi ko‘tarilish ham “uxladi”.

Dollar yana “parvoz qilishda” davom etmoqda

 

Bir qancha banklarda dollar kursi ilk bor 10 850 so‘mga ko‘tarildi. Bu haqida Spot.uz sayti xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, ayni vaqtda banklarda dollar sotib olish - 10 740 dan 10 790 so‘mgacha oraliqda. Sotish esa 10 850 so‘mga chiqqan.

 

Maʼlumot uchun, bundan oldin kurs noyabr oyi oxirida ketma-ket ikki marta eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarilgan edi. Yaʼni, 29 noyabr kuni banklararo kurs 10 830 so‘mga yetgan bo‘lsa, 30 noyabrda kurs 10 840 so‘mni tashkil qilgan.

 

Manbaning xabariga ko‘ra, eng arzon dollar “Kapitalbank”da sotilmoqda(10 830 so‘m). Eng qulay sotib olish esa “Universalbank”, “Asia Alliance Bank”, “Trastbank”, “Promstroybank” va “Kapitalbank” tomonidan amalga oshirilmoqda(10 790 so‘m).

 

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida so‘m atigi 2 foizga qadrsizlangan. Noyabr oyida devalvatsiya biroz tezlashib, endi yiliga 3% ni tashkil qilmoqda. Shunga qaramay, amortizatsiya darajasi so‘nggi bir necha yil ichida eng past bo‘lib qolmoqda.

 

“Biroq 2022 yilda Hisob palatasi dollarning o‘rtacha yillik kursini 11300 so‘m deb kutmoqda”, - deyiladi xabarda.

 

Avvalroq dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaygani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика