Dominikan Respublikasi to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazadi. U 1-fevraldan boshlanadi, deyiladi prezident ma’muriyati saytida.
Ish haftasi 44 soatdan 36 soatga qisqartiriladi. Tajriba rejimida yo‘lga qo‘yiladigan loyihada bunday qadamning xodimlar va ish beruvchilar uchun qanchalik foydali bo‘lishi sinovdan o‘tkaziladi.
Qisqartirilgan ish haftasi uch oy davom etadi, qolgan vaqtda mutaxassislar ma'lumotlarni to'playdi va tahlil qiladi. Ishchilarning ish haqi, ish vaqtining qisqarishiga qaramay, kamaytirilmaydi.


