1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dubayda chiqindilardan energiya ishlab chiqaradigan dunyodagi eng yirik zavod ochildi

Loyiha qiymati bir mlrd dollardan ortiq.

Dubayda chiqindilardan energiya ishlab chiqaradigan dunyodagi eng yirik zavod ochildi

 

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan dunyodagi eng yirik chiqindilardan energiya ishlab chiqaruvchi zavod ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

 

Muassasani Dubay valiahd shahzodasi rasman ochib bergan. Zavod yiliga 2 million tonna chiqindini atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qayta ishlay oladi. U 220 MVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir, bu esa 135 ming uy-joyga xizmat ko'rsatish uchun yetarli.

 

Bundan tashqari, avvalroq 2021-yilda BAA 2050-yilgacha mamlakatning uglerod neytralligiga erishishga qaratilgan "Net Zero" strategik tashabbusini e'lon qilgan edi. Tashabbus toza energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan. 2022-yil dekabr holatiga ko‘ra, BAA 15 yil davomida bunday loyihalarga 40 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика