1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dubayda O'zbek tili bayramiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Unda BAAda vaqtincha ishlayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Dubayda O'zbek tili bayramiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

 

O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 

Unda BAAda vaqtincha ishlayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz hozir bo'lishdi. Ishtirokchilar mamlakatimizda o'zbek tili va madaniyatini yuksaltirish borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, "O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishi tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadigan oynai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyoti ekanligi, uni rivojlantirib, kelajak avlodlarga bezavol yetkazib berish bugungi avlodning zimmasida bo'lishi qayd etildi.

 

O'zbek tilining o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz davlat tili nafaqat o'zbekistonliklar hayotida, balki jahon miqyosida munosib o'rin egallayotgani ta'kidlandi. Shu o'rinda O'zbekiston rahbariyati tomonidan xorijdagi vatandoshlar, ularning farzandlari va o'zbek tilini o'rganayotgan chet elliklar uchun maxsus darsliklar, badiiy adabiyotlar, lug'at va qo'llanmalar, video va audio materiallar ishlab chiqarilayotganiga alohida e'tibor qaratildi. 

 

Tadbir ishtirokchilari o'z chiqishlarida so'nggi yillarda o'zbek tilining xalqaro mavqeiy oshib borayotganini aytib o'tishdi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda ona tilimizning mavqeini yana-da mustahkamlash bo'yicha o'z takliflarini bildirishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика