Dubaydagi turarjoy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohat oldi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisaga yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Binoda joylashgan do‘konlardan birining xodimi “qattiq portlash eshitilganini” aytdi.
“Bir necha daqiqa davomida biz nima bo‘layotganini tushuna olmadik. Ammo keyin derazadan tutun va olovni ko‘rdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Voqea guvohining so‘zlariga ko‘ra, bir necha kishi odamlarga yordam berish uchun binoga kirishga uringan, biroq kuchli tutun tufayli kira olmagan va qutqaruvchilarni kutishga qaror qilgan.


