1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dubaydagi pentхaus rekord narxga sotildi

U osmono‘par binoning 28-qavatida joylashgan.

Dubaydagi pentхaus rekord narxga sotildi

 

Dubaydagi eng qimmat turar-joy binolaridan biridagi pentхaus 112 million dollarga sotildi. Bu amirlik tarixidagi eng yirik ko‘chmas mulk bitimidir.

 

To‘qqizta yotoqxonasi va suzish havzasi bo‘lgan kvartiraning maydoni 3,5 ming kvadrat metrdan oshadi. U Jumeirahdagi Bulgari Lighthouse majmuasining 28-qavatining tepasida joylashgan.

 

2022 yili Dubayda uy-joy narxlarining keskin o‘sishi kuzatildi. Shu bilan birga, hashamatli ko‘chmas mulkka talab sezilarli darajada oshdi – har birining qiymati 10 million dollardan ortiq bo‘lgan 219 ta uy sotildi.

 

Ko‘chmas mulk sektori Dubay iqtisodiyotining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2023-yilda BAAda ko‘chmas mulk savdosi 2022-yildagi ko‘rsatkichlardan oshib ketishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика