1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyo boylarining pullari kamayib boryapti

Milliarderlar ro'yxati ham qisqarmoqda.

Dunyo boylarining pullari kamayib boryapti

 

"Forbes" hisob-kitoblariga ko‘ra, Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg, Larri Peyj va Sergey Brin 2022-yilda eng ko‘p pul yo‘qotgan milliarderlar beshligiga kiradi.

 

Umuman olganda, ularning boyligi 378 milliard dollarga kamaydi.

 

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning “5 yutqazgan” ro‘yxatida birinchi o‘rinni "Twitter" egasi va Tesla hamda "SpaceX" asoschisi Ilon Mask egallab turibdi, u bir yilda 100 milliard dollardan ko‘proq mablag' yo‘qotgan birinchi odam bo‘ldi. Boylikning kamayishi 2021-yilda boshlangan. Мilliarder "Twitter" ijtimoiy tarmog‘ini 2022-yil oktabr oyi oxirida 44 milliard dollarga sotib olgani haqidagi xabarlar fonida Tesla aksiyalarining tushishi tezlashgan.

 

Yo‘qotishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda "Amazon" egasi Jeff Bezos turibdi, u o‘z kompaniyasi aksiyalarining 50 foizga tushishi oqibatida 85 milliard dollar yo‘qotgan. Kuchli beshlikka "Google" (hozirda Alphabet deb ataladi) asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin ham kirdi, ular 2022-yilda Alphabet aksiyalari 39 foizga arzonlashgani sababli har biri qariyb 45 milliard dollar yo‘qotgan.

 

31-dekabr kuni "Bloomberg" hisob-kitobiga ko‘ra, Ilon Mask 200 milliard dollar yo‘qotgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi. Shveysariyaning UBS banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda butun dunyo bo‘ylab milliarderlarning boyligi 400 milliard dollarga kamaygan.2022-yil martiga kelib milliarderlar soni o‘tgan yilning martiga nisbatan 87 kishiga kamaygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика