Falastin-Isroil mojarosi hamon qizg'in pallada. Ayrim davlatlar Isroilni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, ayrimlari Falastinni qo'llab-quvvatlamoqda. Xususan, dunyo futboli yulduzlari ham Falastin xalqi uchun chuqur qayg'uda ekanliklarini ma'lum qilgan. Ulardan biri “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Isroil - Falastin urushini adolatsizlik deb atadi.
“Ayollar va bolalarni ayamaydigan bu nohaq portlashlar qurboni boʻlgan Gʻazo xalqi uchun duo qilamiz”, - dedi hujumchi. Bunga javoban Isroil terma jamoasining sobiq darvozaboni Dudu Avat unga qattiq javob qaytargan.
"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir ijtimoiy tarmoqqa Nelson Mandelaning suratini va Janubiy Afrika sobiq prezidentining 1997-yilda nutqi chog'ida aytgan: "Falastinliklar erkinligisiz bizning erkinligimiz to'liq bo'lmaydi" degan iqtibosini joylashtirdi.
“Falastin xalqi, uzoq vaqt azob chekkan birodarlarimiz va opa-singillarimizga yordamimizmi ayamaymiz. Adolat va tinchlik tiklansin”, - deb yozdi Fekir.
"Bavariya" va Marokash terma jamoasi himoyachisi Mazraui o'zining sahifasiga Falastin bayrog'i tushirilgan videoni joylashtirdi, unda shunday deyilgan.
"Robbim, Falastindagi mazlum birodarlarimizga g'alaba qozonishda yordam ber. O‘lganlarni xudo rahmat qilsin, yaradorlariga shifo bersin”.
Germaniyada Mazraui Yaqin Sharqdagi mojaro bo'yicha tutgan pozitsiyasi uchun qoralangan va "Bild" nashri hatto shu mavzuda eslatma ham e'lon qilgan. Unda shunday deyiladi, "Mazraui, agar u XAMASning qonli ishlaridan uzoqlashmas ekan, Terror tarafdori yoshlarga o‘rnak bo‘lolmaydi".
Shundan so'ng futbolchi quyidagi postni joylashtirdi.
"Nima uchun odamlar men haqimda boshqacha fikrda ekanliklarini va nega mendan nafratlanishayotganini tushunmayapman. Har kuni begunoh odamlar dahshatli to'qnashuv natijasida nobud bo'lmoqda. Hammamiz bunga qarshi chiqishimiz kerak. Nihoyat, shuni aytmoqchimanki, men hech qachon qasddan yoki bilmagan holda hech kimni xafa qilish niyatim bo‘lmagan”, — dedi Mazraui.
"Nitsa" va Jazoir himoyachisi Yusuf Atal Isroil va G‘azo sektoridagi mojarolar fonida “yahudiylar uchun qora kun”ga chaqirayotgan videoni joylashtirdi.
Jazoirlik futbolchi tez orada postni o‘chirib tashladi, biroq "Nitsa" meri Kristian Estrosi undan uzr so‘rashni talab qildi.
“Men Ataldan kechirim so‘rashini va XAMAS terrorchilarini qoralashini kutaman. Agar u buni qilmasa, klubimizda o'z o'rniga ega bo'lmaydi".


