1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda ilk bor cho‘chqa yuragi odamga ko‘chirib o‘tkazildi

Bu turdagi jarrohlik amaliyoti kelajakda donor yetishmovchiligi muammosini hal qilishi mumkin.

Dunyoda ilk bor cho‘chqa yuragi odamga ko‘chirib o‘tkazildi

 

AQSHning Merilend universiteti tibbiyot markazida birinchi marta genetik modifikatsiyalangan cho‘chqaning yuragini odamga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi

 

Qayd etilishicha, bemor 57 yoshli Devid Bennet ismli erkak bo‘lib, unga davolab bo‘lmaydigan yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan. U bir nechta tibbiyot markazlaridan transplantatsiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olgan. Eksperimental protsedura uning so‘nggi imkoniyati edi.

 

“Birinchi turdagi jarrohlik amaliyoti natijasida davolab bo‘lmaydigan yurak xastaligiga chalingan 57 yoshli bemorga genetik modifikatsiyalangan cho‘chqa yuragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi, uch kundan buyon uning ahvoli yaxshi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, bemorning bir necha hafta shifokorlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlangan.

 

Shifokorlar kelajakda bunday operatsiyalar donor organlarning yetishmasligi muammosini hal qilishini taʼkidlamoqda. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda 110 mingga yaqin odam aʼzolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun navbatda turibdi, ulardan olti mingga yaqin bemor har yili operatsiyani kutmasdan vafot etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 56 yoshli AQSH fuqarosi yuragidan o‘n santimetrlik sement olib tashlangani haqida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика