1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda koronavirusning yangi varianti tarqalmoqda

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Dunyoda koronavirusning yangi varianti tarqalmoqda

 

Bir qator davlatlarda koronavirusning yangi FLiRT variantlari, jumladan, virusning KP.2, KP.1.1, KS.1 turlari bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Ularning barchasi avvalgi turlarga qaraganda xavfsizroq ekani aytilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

 

Yangi tur genetik koddagi mutatsiyalar nomlari sharafiga FLiRT deb atalgan. FLiRT Omikron oilasiga tegishli bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda dominantga aylanishi mumkin. FLiRT variantlarining belgilari omikronnikiga o‘xshaydi: isitma, yo‘tal, tomoq, bosh va mushak og‘riqlari, holsizlik, ta’m yoki hid bilmaslik.

 

FLiRT variantining tarqalishi tufayli AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) bu yilgi yozda Amerikada koronavirus holatlari ko‘payishini taxmin qilmoqda. CDC ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining boshidan beri FLiRTning Qo‘shma Shtatlardagi jami koronavirus holatlaridagi ulushi 11 may holatiga ko‘ra 3,8 foizdan 28,2 foizgacha ko‘tarilgan.

 

Buyuk Britaniyada bu variantlar 15 may holatiga ko‘ra, barcha holatlarning 21 foizini tashkil qilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, FLiRT 14 ta Yevropa davlatida va Isroilda aniqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика