1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dunyoda o‘lim jazosi ko‘payib bormoqda

2023 yilda kamida 1153 kishi qatl etilgan.

Dunyoda o‘lim jazosi ko‘payib bormoqda

Dunyoda o‘lim jazosi qo‘llanishi soni qariyb uchdan bir qismga oshdi. Bu haqda Amnesty International maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2023 yilda kamida 1153 kishi qatl etilgan, bu 2022 yilga qaraganda 31 foizga ko‘p. Bu ko‘rsatkich 2015 yildan beri eng yuqorisi bo‘lgan.

 

Qatllarning deyarli to‘rtdan uch qismi Eron, 15 foizi Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oshirilgan. Somalida va AQSHda o‘limga hukm qilinganlar soni ortgan.

 

Maʼlumot uchun, Xitoyda o‘limga hukm qilinganlar va qatl etilganlar soni haqidagi maʼlumotlar davlat siri hisoblanadi. Tashkilotning qayd etishicha, bu mamlakatda minglab insonlarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llangan bo‘lishi mumkin. O‘lim jazosi keng qo‘llaniladigan Shimoliy Koreya va Vyetnam ham raqamlarni davlat siri sifatida ochiqlamaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика