1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda qancha odam savodsiz?

O‘qish va yozishni bilish darajasi 2020-yilda 86,7 foizni tashkil etgan.

Dunyoda qancha odam savodsiz?

 

“Anadolu” xabariga ko‘ra, YUNESKO Bosh direktori Odre Azule dunyo bo‘ylab qancha odam o‘qish va yozishni bilmasligini oshkor qildi.

 

 «1979-yilda odamlarning atigi 68 foizi o‘qish va yozishni bilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 86,7 foizni tashkil etgan. Aniq yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab 771 million kishi hali ham asosiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning 60 foizi qizlar va ayollardir», — degan Bosh direktor.

 

Azule birgalikdagi saʼy-harakatlar natijasida savodsizlikning oldini olishda ko‘plab yutuqlarga erishilganini qayd etgan.

 

YUNESKO maʼlumotlari pandemiya oqibatida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa taʼlim muassasalariga qaytmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ularning 11 million nafarini qizlar va yosh ayollar tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика