Dunyodagi semiz odamlarning umumiy soni bir milliarddan oshdi. Bu raqamlar bir qator olimlar va sog'liqni saqlash ekspertlari tomonidan qayd etilgan.
Tadqiqotchilar global ma'lumotlarni tahlil qilib, 2022-yilda bolalar va o'smirlar o'rtasida semirish darajasi 1990-yilga nisbatan to'rt baravar yuqori ekanligini aniqlashdi. Umuman olganda, 2022-yilda 159 million bola va 879 million kattalar semirib ketgan.
1990-yildan 2022-yilgacha kam vaznli odamlar soni juda ko'p miqdorda kamaygan. Ma'lumotlarga ko'ra, xuddi shu davr mobaynida butun dunyo bo'ylab kam vaznga ega bo'lgan kattalar ulushi ikki baravarga qisqargan.


