Maxsus ruknlar

Dunyoda taqiqlangan 10 kitob

 

1. “Lolita”

Vladimir Nabokovning munozaralarga boy romani ko‘plab mamlakatlarda bestseller bo‘lsa-da, Argentina, Fransiya, Janubiy Afrika va Buyuk Britaniyada taqiqlangan. Syujetning hadda tashqari hayo chegaralaridan chiqqani sabab qilib ko‘rsatiladi.

 

2. “Ruhlar uyi”

Dunyoning sevimli yozuvchisi Isabel Alyendening “Ruhlar uyi” kitobini sotish Chili hukumati tomonidan taqiqlangan va hech qanday sabab keltirilmagan.

 

3. “Mening kurashim”

Adolf Gitlerning shu nomli asari 1945 yildan 2016 yilgacha Germaniyada chop etilishi va sotilishi taqiqlangan edi. Rossiyada esa u qonun bilan taqiqlangan va sudga tortilgan.

 

4. “Da Vinchi kodi”

Adabiyotda jumboqlar qiroli bo‘lmish Den Braun qalami bilan butun dunyo odamlarini deyarli sehrlab asir qilib qo‘ygan. 2004 yilda Livan hukumati katolik ruhoniylarining “Da Vinchi kodi” xristian dinini haqoratlagan” degan xulosalaridan so‘ng uni taqiqlagan.

 

5. “Ellik soya” trilogiyasi

Dunyodagi eng ko‘p sotilgan trilogiyalardan biri (ekranlashtirilgan) Malayziyada katta norozilikka uchragan. 2015-yildan beri film sadistik syujeti va jamoat axloqiga tahdidi uchun taqiqlangan.

 

6. “Molxona”

 

Jorj Oruellning “Molxona” asarini o‘qigan har birzehnli kitobxon hayvonlar tasvirlari ortida yashiringan kuchli siyosiy g‘oyalarni ilg‘ashi tabiiy. Shu sababdan Shimoliy Koreyada ushbu kitob hamon taqiqda.

 

7. “Bir umrlik Embering”

 

Ko‘p avlodlar uchun sevimli, klassik yozuvchiga aylangan Ketlin Uinsor romani AQSHning 14 shtatida taqiqlangan. AQSH rasmiylari Ember hikoyasi axloqiy buzilish va jinsiy qaramlikni targ‘ib qiladi, deb hisoblashadi.

 

8. “Arosat mavjudot”

Jefri Yevgenidisning provokatsion romani ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan yuqori baholanganiga qaramay, Texasda “uyatli” jinsiy mavzular yoritilgani sababli taqiqlangan.

 

9. “Nimaga: 13 ta sabab”

Jey Asherning o‘smirlar haqidagi mashhur romani sinfdoshlari tomonidan tahqirlangan va o‘z joniga qasd qilishga qaror qilgan Xanna Beyker haqida hikoya qiladi. Kitob 2007 yilda chop etilganda, Kanada va Koloradodagi baʼzi maktablar uni maktab kutubxonalaridan olib tashlashdi. Netfliksning mashhur seriyasiga aylangan kitob ekranlashtirilgach esa, roman Amerikada eng ko‘p taqiqlangan kitoblardan biriga aylandi.

 

10. “Mazaxchini o‘ldirish”

Amerikalik yozuvchi Xarper Lining ushbu klassik kitobi nashr etilganidan beri huquqiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Baʼzi tanqidchilar tomonidan “irqchilik” ayblovi qo‘yilayotgan roman yozilganidan buyon senzuraga uchragan kitoblar ro‘yxatidan joy olgan.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish