1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda yil boshidan buyon ilk bor oziq-ovqat narxlari pasaydi

12 oy davomida narxi to‘xtovsiz o‘sgan oziq-ovqat mahsulotlari ilk bora arzonlashdi.

Dunyoda yil boshidan buyon ilk bor oziq-ovqat narxlari pasaydi

 

 

Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘zining oziq-ovqat narxlari indeksiga bag‘ishlangan oylik hisobotida xabar bermoqda. Hisobotda aytilishicha, may oyiga nisbatan iyunda narx-navo indeksi 2.5 foizga pasaygan, lekin narxlar hali ham bir yil oldinga nisbatan 33.9 foizga balandligicha qolmoqda. Tashkilot narxlar indeksi pasayishiga o‘simlik yog‘i, g‘alla va qisman sut mahsulotlari narxi arzonlashganligi sabab bo‘lgan. Jumladan, iyun oyida o‘simlik yog‘i narxi may oyiga nisbatan 9.8 foiz, g‘alla 2.6 foizga, sut mahsulotlari yil boshidan buyon 1 foizga arzonlashgan.

 

Shu bilan birga go‘sht va shakar narxlari indeksi o‘sgani qayd etildi. Masalan, go‘sht narxi indeksi 2.1 foiz, shakar narxi indeksi 0.9 foizga o‘sgan.

 

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti yanvar oyidagi hisobotida oziq-ovqat narxlari 2014-yil iyulidan buyon maksimal miqdorda o‘sganligini qayd etgan edi. Jumladan, yanvarda g‘alla 7.1 foiz, o‘simlik yog‘i 5.8 va shakar 8.1 foiz ga qimmatlashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика