1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Dunyodagi chaqaloqlarning atigi 44 foizi ona suti bilan oziqlanadi

Global inqiroz millionlab chaqaloqlar va bolalar salomatligiga tahdid solmoqda.

Dunyodagi chaqaloqlarning atigi 44 foizi ona suti bilan oziqlanadi

 

Bunday holatda eng samarali yechim bu emizishdir.

 

Butunjahon ko‘krak suti bilan boqish haftaligi doirasida YUNISEF va JSST hukumatlarni emizish dasturlarini, ayniqsa favqulodda vaziyatlarda yashovchi oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq resurslar ajratishga chaqirmoqda.

 

Afg‘oniston, Ukraina, Yaman, Afrika va Sahelda ko‘krak suti bilan emizish chaqaloqlar uchun xavfsiz, to‘yimli va arzon oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Kasallik va ochlikdan himoya qiladi. Shuningdek, emizish — bola uchun birinchi emlash bo‘lib, bolalar orasida tarqaladigan kasalliklardan himoya qiladi. Biroq favqulodda vaziyatlarda onaning hissiy holati, ozib ketish, sanitariya sharoitlari yo‘qligi sababli ko‘plab bolalar emizish imkoniyatiga ega emas.

 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yarmidan kamrog‘i tug‘ilishning birinchi soatida emiziladi. Faqat 44 foizi birinchi olti oyda faqat ona sutini emadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика