1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Dunyodagi eng dahshatli 10 ko‘prik (foto)

Ko‘priklardan qo‘rqish gefirofobiya deb ataladi.

Dunyodagi eng dahshatli 10 ko‘prik (foto)

 

Lifehacker nashri taqdim etgan quyidagi fotolarni tomosha qilib, qanchalik qo‘rqmasligingizni sinab ko‘ring.

 

1. Husayniy osma ko‘prigi

Joylashuvi: Xunza daryosi, Pokiston shimoli.

Farqi: uzunligi — 200 metr, suvdan — 30 metr balandlikda.

Nimadan qurilgan: arqonlar, 472 ta yog‘och taxta.

Dunyodagi eng xavfli ko‘priklardan biri. Husayniy ko‘prigi ko‘proq zinapoyaga o‘xshaydi. Shamol va yuqori namlik tufayli arqonlar tezda chiriy boshlaydi. Bir necha marta inshoot shamol va daryo suvlari tufayli vayron bo‘lgan, ammo har safar qayta tiklangan.

 

2. Ubeyn yog‘och ko‘prigi

Joylashuvi: Amarapura, Mandalay okrugi, Myanma.

Farqi: uzunligi — 1208 metr, suvdan maksimal balandligi — 4,5 m.

Nimadan qurilgan: 1086 ta chirigan tik daraxti tanasi —mo‘rt joylari beton ustunlar bilan mustahkamlangan, ammo bu unga unchalik yordam bermaydi.

Dunyodagi eng uzun va qadimiy bo‘lgan mazkur yog‘och ko‘prik 1851-yilda qurilgan. Ginnesning rekordlar kitobida Yaponiyadagi Xauray ko‘prigi dunyodagi eng uzun yog‘och ko‘prik sifatida ko‘rsatilgan. Uning uzunligi atigi 897,4 metrni tashkil etadi, bu ko‘rib turganingizdek Ubeynnikidan ancha qisqa.

 

3. Kerrik-a-Red arqon ko‘prigi

Joylashuvi: Ballintoy, Antrim okrugi, Shimoliy Irlandiya.

Farqi: uzunligi — 20 metr, balandligi — 30 metr.

Nimadan qurilgan: Hozir Duglas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mustahkam kabel va archa yog‘ochlaridan. Avval chirigan taxta va arqonlardan.

Avvallari baliqchilar u yerda losos baliqlarini ovlashgan. Bu yerga yetib kelish oson bo‘lishi uchun XVII asr o‘rtalarida ular ushbu ko‘prikni qurishgan.

 

4. Oxuela osma ko‘prigi

Joylashuvi: Mapimi, Durango shtati, Meksika.

Farqi: uzunligi — 275 metr, balandligi — 95 metr.

Nimadan qurilgan: XIX asr uchun innovatsion bo‘lgan temir kabellar, yog‘och va beton.

Ushbu aholi punktiga bu joylarda boy oltin, kumush, rux va marganes konlarini kashf etgan ispaniyalik konkistador Fransisko de Oxuela nomi berilgan. 1598-yilda u koloniyaga asos solgan va u yerda 350 yildan ortiq konchilar avlodlari ishlagan.

 

5. Ghasadagi osma ko‘prik

Joylashuvi: Ghasa-Kushme shahri, Annapurna, Nepal.

Farqi: uzunligi — 137 metr, balandligi  — 70 metr.

Nimadan qurilgan: mustahkam metall to‘r, kabellar va yog‘och.

Dizayn xususiyatlari tufayli ko‘prik juda tor va egiluvchan. Shuning uchun ham u doimo shamolda tebranib turadi.

 

6. Langkavi orolidagi osmono‘par ko‘prik

 

Joylashuvi: Langkavi oroli, Kedah shtati, Malayziya.

Farqi: uzunligi — 125 metr, yerdan balandligi — 100 metr. Ko‘prik po‘latdan yasalgan kabellar orqali bitta tayanchga mustahkamlab qo‘yilgan.

Nimadan qurilgan: temir, beton va shisha panellar.

Bu yerga butun dunyodan kelgan sayyohlar Kedah marvaridi deb nomlangan orolning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurishadi.

 

7. Chjangtzeyasze shisha ko‘prigi

Joylashuvi: Zhangjiajie, Vulingyuan tumani, Xitoy.

Farqi: uzunligi — 430 metr, yerdan balandligi — 300 metr.

Nimadan qurilgan: toblangan shishadan yasalgan 120 ta paneldan, to‘rtta beton ustundagi po‘lat troslardan.

Ko‘prik shaffof ekanligini nomidan ham taxmin qilish mumkin.

 

8. “Burama ajdar” nomli sayr yo‘lagi

Joylashuvi: Zhangjiajie, Tianmen Mountain, Xitoy.

Farqi: uzunligi — 100 metr, vodiydan balandligi —430 metr. Vodiyning o‘zi 300 metr chuqurlikda.

Nimadan qurilgan: 99 ta egri-bugri shakldagi toblangan shishadan

Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘prikdan tashqari, Zhangjiajie bog‘ida ko‘proq narsalarni ko‘rish mumkin.

 

9. Xuangchuandagi “Uch dara” shisha ko‘prigi

 

Joylashuvi: Lyanchjou, Guangdun provinsiyasi, Xitoy.

Farqi: uzunligi — 526 metr, daryodan balandligi — 201 metr.

Nimadan qurilgan: Po‘latdan va sirg‘anchiq shishadan.

2020-yilgacha Zhangjiajie dunyodagi nafaqat eng baland, balki eng uzun shisha ko‘prik unvoniga ega edi. Biroq bu unvonni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Xuanchuan shahridagi “Uch dara” daryosi ustidagi yangi ko‘prik olib ketdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi yarim kilometrdan oshiq, shisha qalinligi esa 4,5 santimetrni tashkil qiladi.

 

10. Kakum milliy bog‘idagi osma yo‘lak

Joylashuvi: Gana, G‘arbiy Afrika, Kakum milliy bog‘i.

Farqi: uzunligi — 330 metr, yerdan balandligi — 40 metr. Yo‘lak yaqin atrofdagi daraxtlarga mustahkamlangan.

Nimadan qurilgan: yog‘och va arqonlardan.

Umuman olganda, bunday yo‘laklar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uchraydi, ammo Afrikada faqat bitta. U Kakum milliy bog‘ida joylashgan. Yo‘lak arqonlarga osilgan va daraxt tanalari esa tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘lak yettita ko‘prikdan iborat.

Osma yo‘lakda tabiiy tropik o‘rmonlarni, fillarni, buyvol va leopardlarni tomosha qilish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика