1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyodagi eng qimmat brendlar eʼlon qilindi

Reytingda “Apple” kompaniyasi yetakchi.

Dunyodagi eng qimmat brendlar eʼlon qilindi

“Apple” kompaniyasi yil yakunlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi marta dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. 2024 yilda korporatsiya 11 foizga o‘sdi va uning qiymati 574,5 milliard dollarga yetdi. Reytingda ikkinchi o‘rinni “Microsoft” egalladi. Bir yil ichida brend 35 foizga o‘sib, daromadi 461,1 milliard dollarni tashkil etdi. Uchinchi qatorda “Google” bo‘lib, 24 foiz o‘sish bilan 413 milliard dollargacha daromad qayd etdi.

 

Amazon” ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rin, “Walmart” savdo giganti beshinchi o‘rinni egalladi. Reytingdagi barcha brendlarning rahbarlari amerikaliklardir.

 

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Koreyaning “Samsung” firmasi (110,6 milliard dollar), Xitoyning “TikTok” video xizmati (105,8 milliard dollar), “Facebook» ijtimoiy tarmog‘i (91,5 milliard dollar), “NVIDIA” ishlab chiqaruvchisi (87,9 milliard dollar) va Xitoyning “State Grid Corporation of China” elektr tarmog‘i (85,6 milliard dollar) turibdi.

 

Reytingning 11-qatorini Germaniyaning “Deutsche Telekom” telekommunikatsiya kompaniyasi (85,3 milliard dollar) egalladi — u Yevropadagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Umuman olganda, top 500 da AQSHdan 193 ta kompaniya, 69 ta Xitoy brendi va 27 ta nemis brendi mavjud.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика