1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyodagi eng yirik OAV faoliyati Afg‘onistonda taqiqlandi

“Tolibon” rahbariyati bu borada maxsus buyruq bergan.

Dunyodagi eng yirik OAV faoliyati Afg‘onistonda taqiqlandi

 

“Tolibon” Afg‘onistonda BBC faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda TOLO News xabar berdi. Unga ko‘ra, toliblar mamlakatda “BBC Pashto TV" efirlari taqiqlab qo‘yilgan. TOLO News ushbu telekanal vakillari buni tasdiqlaganini maʼlum qilgan.

 

“Afg‘onistonda pushtu, fors va o‘zbek tilidagi barcha ko‘rsatuvlar faoliyati cheklovlar tufayli to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” harakati hokimiyatni egallagandan so‘ng, qator cheklovlar joriy etdi. Hozirga qadar mamlakatda qizlarning maktabga borishi, xorijiy teleseriallar namoyishi, ayollar va erkaklarning xiyobonlarga birga borishi, shuningdek, ayollarning yolg‘iz sayohat qilishi taqiqlab qo‘yilgan. Shu bilan birga bir qancha OAV faoliyati cheklangan.

 

Avvalroq AQSH “Tolibon” bilan uchrashishdan bosh tortgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика