JSST va BMT 120 ta davlatda tadqiqot o‘tkazdi. Uning natijasiga ko‘ra, tadqiqot o‘tkazilgan davlatlarning faqat 45 % igina ichimlik suvi bo‘yicha milliy darajada qo‘yilgan maqsadiga erishish yo‘lida ekanini ko‘rsatmoqda. Sanitariya yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 25 % ni tashkil qilmoqda.
Tadqiqot mualliflari bu ketishda suv bilan taʼminlash, sanitariya va gigiyena mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha maqsadlarda uzilish bo‘lishi mumkin.
Sezilarli o‘sishga qaramay, milliardlab odamlar, asosan, qishloq joylarida yashovchilar hali ham toza ichimlik suvi isteʼmol imkoniyatidan mosuvo. Dunyoda har uchinchi odam toza ichimlik suvi icha olmaydi, har besh kishidan ikki nafarining qo‘lini sovunlab yuvishga sharoiti yo‘q.


