1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoning eng yaxshi turistik qishloqlariga sayohat

Samarqanddagi UNWTO bosh assambleyasida eng yaxshi qishloqlar roʻyxati eʼlon qilindi.

Dunyoning eng yaxshi turistik qishloqlariga sayohat

Yevropaning eng mashhur nuqtalari sayyohlar oqimiga duch kelayotgan, turistlar esa soatlab navbvatda turayotgan bir paytda eng mashhur turistik qishloqlar roʻyxati eʼlon qilindi. Roʻyxat BMTning butunjahon turistik tashkiloti tomonidan tuzilgan. 


Gʻoliblar Samarqandda  UNWTO bosh assambleyasida eʼlon qilindi. Roʻyxatga butun dunyodadan 53 ta qishloq kiritilgan. 
Quyida ularning eng saralari bilan tanishtiramiz. 


Ordino, Andorra: qadimiy tosh uylar va togʻ koʻllari


Andorra aholisi 80 000 kishidan iborat. Bu Yevropadagi eng kichik davlatdir. U Fransiya va Ispaniya oʻrtasida, Pireneya hududida joylashgan. Ordino esa toshli uylardan iborat oʻrta asrlarga oid qishloqcha. 


Sankt-Anton-am-Arlberg, Avstriya: changʻi va togʻ kurortlari


Tirol Alp togʻlari choʻqqisida joylashgan Sankt-Anton-am-Arlberg -  Arlber togʻli hudud darvozasi sanaladi. Bu qishloq changʻi sporti vatani deb ham ataladi. Sobiq konchilar qishlogʻi oʻzining togʻ-changʻi trassalari bilan mashhur. 

Slun, Xorvati: sharsharalar va qadimiy tegirmonlar qishlogʻi


Xorvatiyadagi Slun qishlogʻi sayyohlarni koʻp qavatli sharsharalar va daryo sohillari bilan jalb qiladi. Qishloq mashhur Plitvis koʻllaridan bir necha daqiqalik yoʻlda joylashgan. Bu yerga kelganlarga suv shousi namoyish qilinadi. 23 ta sharshara Korana daryosiga oqib tushadi. Daryo boʻyida esa tegirmonlar qad rostlagan. 

Lerichi, Italiya: ekologik toza sayohat


Italiyaning shimoli-gʻarbiy sohillarida joylashgan Lerichi shahri rang-barang uychalari bilan mashhur. "Koʻk iqtisodiyot"ni tanlagani shahar UNWTO eʼtirofiga sazovor boʻlishiga sabab boʻldi. Bu yerda Italiyadagi yagona tirik loboratoriya joylashgan. 


Sortelya, Portugaliya: oʻtmishga sayohat


Sortelya UNWTO eʼtirof etgan Portugaliyaging toʻrt qishlogʻidan biridir. Qishloq oʻrta asrlar va uygʻonish davri arxitekturiasini saqlab qolgan. Tepalikda esa XIII asrda qurilgan hashamatli qasr joylashgan.


Siguenss, Ispaniya: oʻrta asrlar poyezdida sayohat

 
Ispaniya markazidagi Siguensa diniy sanʼat asarlari saqlanadigan qasr-muzeyi bilan mashhur. Soʻnggi yillarda muzey eʼtibordan chetda qolayotgan edi. Shuning uchun hukumat qishloqni turizm markaziga aylantirishga qaror qildi. Hozir shahar sayyohlarga oʻrta asr poyezdida sayohat qilishni taklif qiladi. Sayohat 1 soat va 20 daqiqa davom etadi. Yoʻlovchilarga oʻrta asr ritsarlari hamkorlik qiladi. 


Sirindje, Turkiya: piyoda va otda sayohat


Turkiyadagi Sirindje qishlogʻida avtomobilda harakatlanish taqiqlangan. Qishloq tarixi ellinizm davriga borib taqaladi, mahalliy hokimiyat oʻsha davr atmosferasini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика