1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dunyoning yirik megapolislari boshqaruvida ishlagan ekspertlar poytaxt hokimiga maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Dunyoning yirik megapolislari boshqaruvida ishlagan ekspertlar poytaxt hokimiga maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritadi

 

 

Toshkent shahrini moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizm markaziga aylantirish maqsadida xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni poytaxt hokimiga maslahatchi sifatida jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda poytaxt iqtisodiyotining barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. So‘nggi to‘qqiz yilda Toshkent shahar iqtisodiyoti 2,5 barobar oshib, joriy yil yakuniga qadar 27 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollargacha ko‘paygan.

Iqtisodiy o‘sish ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, kambag‘allik darajasi yil boshidagi 7,3 foizdan 1 foizgacha, ishsizlik esa 4,5 foizdan 3,5 foizgacha kamayishi prognoz qilinmoqda. Natijada Toshkent shahrida kambag‘allik va ishsizlik tabiiy darajaga tushishi qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика