1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta masjidlardan biri ochildi

Masjidning ochilish marosimida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta masjidlardan biri ochildi

 

8 iyun kuni Dushanbe shahrida «Imom Aʼzam» nomidagi jomeʼ masjidi ochildi.

 

Tantanali marosimda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy ishtirok etdi. Masjid loyihasini ishlab chiqishda Qatar davlati mutaxassislari ham ishtirok etgan edi.

 

Imomali Rahmon Qatar amiriga tojik milliy meʼmorchiligi durdonasini barpo etishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, loyihaning amalga oshirilishini ikki davlat hamkorligining eng yuksak namunasi deb atadi.

 

Bu Markaziy Osiyodagi eng katta masjidlardan biri bo‘ldi. U 12 gektar maydonda qurilgan, bino uch gektar maydonda joylashgan va uchta katta darvozaga ega. U bir vaqtning o‘zida 133 ming namozxonni sig‘dira oladi, shundan 43 ming namozxon masjid ichida, qolgani esa uning atrofida bo‘ladi.

 

Masjid ichida oltita keng sinfxona, mehmonlarni qabul qilish va majlislar zali, ikkita kutubxona, to‘qqizta o‘quv xonasi, uchta mehmonxona va texnik xona mavjud. Masjidni bezashga 6630 kub metr koshin va 2800 kub metr qora marmardan foydalanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика