1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

DXX akademiyasiga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Imtihon 4 ta fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

DXX akademiyasiga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

 

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari joriy yilning 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

 

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

 

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.


Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ball bo‘lib,  test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

—ona tili – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);
—matematika – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);
—O‘zbekiston tarixi – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);
—chet tili – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика