1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar aʼzolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.
Ularning taʼsirida 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Jinoyat Kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga muvofiq, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.


