1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Efiopiyada 17 kishi dron hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillaridir.

Efiopiyada 17 kishi dron hujumi oqibatida halok bo‘ldi

 

Efiopiyaning Tigray mintaqasida dron hujumi oqibatida 17 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

 

Zarba May Tsebri qishlog‘i yaqinida berilgan. Vafot etganlarning aksariyati mahalliy un tegirmonida ishlagan ayollar bo‘lgan.

 

Agentlikning yozishicha, hukumat kuchlari isyonchilarni Tigray hududidan siqib chiqarishga urinayotgan bir paytda bunday hujumlar oxirgi paytlarda tez-tez sodir bo‘lmoqda.

 

Ma'lumot uchun: oxirgi zarba Efiopiya Bosh vaziri Ahmad Abiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali gaplashib, tinch aholiga qarshi hujumlardan qochishga, shuningdek, isyonchilar bilan muloqotga kirishishga vaʼda bergan kuni sodir etilgandi.

 

Avvalroq Nigerda qurollangan jangarilar 69 kishini o‘ldirgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика