Efiopiya janubida sodir bo‘lgan ikki ko‘chki qurbonlari soni 257 kishiga yetdi va bu yana ikki baravar ko‘payishi mumkin. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida ma'lum qilindi.
“24-iyul holatiga ko‘ra halok bo‘lganlar soni 257 nafarga yetdi. Raqamlar yanada oshishi va qurbonlar 500 nafarga yetishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.
Bundan tashqari, ko‘chkilar tufayli kamida 15 ming kishi evakuatsiya qilinishi aytilmoqda.


