1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

YI O‘zbekistonning agrar islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun €7 mln ajratdi

Yangi grant 2026 yilgacha mo‘ljallangan €20 mlnlik paketning bir qismi hisoblanadi.

YI O‘zbekistonning agrar islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun €7 mln ajratdi

 

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatiga 2020–2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun €7 million miqdorida grant ajratdi. Bu haqda EIning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilgan.

 

Yangi mablag‘ EIning O‘zbekiston agrar sektorini mustahkamlashga qaratilgan umumiy €20 millionlik majburiyatining tarkibiy qismi bo‘lib, shundan €6 mln 2023 yilda ajratilgan edi. Qolgan €7 mln esa 2026 yilgacha bo‘lgan davrda islohotlarni davom ettirish va belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish sharti bilan taqdim etiladi.

 

Elchi Toyvo Klaarning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi agrar sohada hukumatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri grant ajratuvchi kam sonli hamkorlardan biri bo‘lib qolmoqda. U iqtisodiy yer foydalanish huquqlarini mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvini kuchaytirish bundan keyingi asosiy vazifa ekanini aytib, EI O‘zbekistonni qolgan islohotlarni yakunlashda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика