1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ekofaollar katta yo‘lga o‘zlarini yelimlab yopishtirishdi

Atrof-muhit jonkuyarlarini asfaltdan ko‘chirib olish uchun 500 nafar politsiya kerak bo‘ldi.

Ekofaollar katta yo‘lga o‘zlarini yelimlab yopishtirishdi

 

Berlinda "Oxirgi avlod" faollari o‘zlarini asfaltga yopishtirib, shahar ko‘chalarini to‘sib qo‘yishdi. Ular hukumatning atrof-muhit muammolariga e’tiborini qaratish maqsadida xuddi shunday to‘siqlardan 30 tasini tashkil qilishgan. Bu haqda "Tvr. by" nashri xabar berdi.

 

Atrof-muhit jonkuyarlarini asfaltdan ko‘chirib olish uchun 500 nafar politsiya kerak bo‘ldi. Navbatdagi ushbu miting mushtlashuv bilan yakunlandi – haydovchilar ekofaollarni haqoratlashdi, namoyishchilarni asfaltdan "uzib" yo‘l chetiga chiqarishdi.

 

"Oxirgi avlod" faollari turli yo‘llar – mitinglar va o‘zlarini asfaltga yopishtirish bilan hukumatdan iqlim o‘zgarishiga befarq bo‘lmasliklarini talab qilishlari bilan mashhur.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика