1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ekologik talablarga rioya etmagan 75 ta obyekt 10 kunga yopildi

Ekoreydlar davomida 3222 ta obyekt tekshirilib, 24 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Ekologik talablarga rioya etmagan 75 ta obyekt 10 kunga yopildi

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 9-dekabr kuni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlarida atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan ekoreyd o‘tkazilgan.

 

Reyd davomida jami 3222 ta obyekt o‘rganilib, 24 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

 

Shuningdek, 25-noyabrdan 9-dekabrga qadar o‘tkazilgan qo‘shimcha o‘rganishlar yakunida 895 ta huquqbuzarlik holati qayd etilib, tegishli ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilgan.

 

Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi uchun qonunchilikka muvofiq:

  • jami 75 ta obyekt, jumladan Toshkent viloyatida 66 ta,
  • Toshkent shahrida 9 ta obyekt 10 ish kuniga vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatdi.

 

Bundan tashqari, ekologik talablarga rioya etish maqsadida:

  • 37 ta issiqxonada filtrlar o‘rnatildi,
  • 6 ta issiqxona gaz tarmog‘iga ulandi,
  • 7 ta obyekt esa gazga ulanish uchun texnik shart olish bo‘yicha ariza topshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика