1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ekoreyddan so‘ng “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Tekshiruv jarayonida kompaniyada 11 ta muhim kamchilik aniqlangan.

Ekoreyddan so‘ng “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ekoreyddan so‘ng “Maxam-Chirchiq” AJning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu qaror atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguncha amal qiladi.

 

Tekshiruv jarayonida kompaniyada 11 ta muhim kamchilik aniqlangan: chang-gazni tozalash uskunalari me’yoriy talabga javob bermayotgani, ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yordan ortiq chiqayotgani, kimyoviy moddalar xavfsiz joylashtirilmaganligi va suvga zarar yetkazuvchi moddalar ortiqcha oqib ketgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, kompensasiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi masalani sudga taqdim etgan va Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi kompaniya faoliyatini aniqlangan kamchiliklar tuzatilguncha to‘xtatish haqidagi qaror chiqardi.

 

Shuningdek, Yangiyo‘lda chiqindi yoqib havoni zaharlayotgan g‘isht zavodi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatildi. Bu hududda o‘tin ishlab chiqarish jarayonida havo sifatiga zarar yetkazgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика